Dzyudochi Diyorbek O‘rozboyev 29 avgustdan 3 sentyabrgacha Budapeshtda (Vengriya) o‘tkazilgan jahon chempionati bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasi. Musobaqa 126 davlatdan 728 sportchi ishtirok etdi.
![](https://www.gazeta.uz/media/img/2017/09/0iDBtC15045155609975_b.jpg)
60 kg gacha vazn toifasida Diyorbek O‘rozboyev yarim finalda ozarbayjonlik Orxam Safarov bilan bellashib, imkoniyatni boy berdi.
![](https://www.gazeta.uz/media/img/2017/09/gtHiFc15045155613016_b.jpg)
Shohsupada: Orxan Safarov, Naoxisa Takato, Ganbat Boldbaatar, Diyorbek O‘rozboyev.
Bronza medali uchun bahsda Diyorbek O‘rozboyev boshqa o‘zbekistonlik sportchi Muhriddin Tilovovga qarshi tatamiga chiqdi.
Bu o‘zbekistonlik raqiblar o‘rtasidagi ilk yakkama-yakka jang bo‘ldi. Jangning uchinchi daqiqasida Diyorbek O‘rozboyev «vaza-ari» usulini qo‘llab, yakkalik g‘olibiga aylandi (video).