Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi O‘zbegim milliy qadriyatlar festivali o‘tkaziladigan 8 sentyabr kuni transport vositalari harakati cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ko‘chalar ro‘yxati
A.Temur — Shaxrisabz ko‘chasidan Navoiy ko‘chasiga qadar;
Shevchenko — Shahrisabz ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasiga qadar;
Islom Karimov — Sharof Rashidov ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasiga qadar;
Matbuotchilar — Sharof Rashidov ko‘chasidan Zarafshon ko‘chasiga qadar;
Buyuk Turon — Navoiy ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasiga qadar;
Zarafshon — Navoiy ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasiga qadar;
Oloy — Shahrisabz ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasiga qadar;
Mustaqillik — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyoboniga qadar;
Maxtumquli — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasiga qadar;
Istiqbol — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyoboniga qadar.
Shuningdek, tadbir o‘tkaziladigan vaqtda sharoit taqazo etsa, yuqorida ko‘rsatilgan ko‘chalarga yondosh boshqa ko‘chalarda ham transport vositalari harakati cheklanishi mumkin.