Juma kuni 18:51 da Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida yer silkinishi qayd etildi, zilzila o‘chog‘i Jizzax viloyatida joylashgan.
Poytaxt seysmostansiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda yer osti silkinishlari 3−4 balni tashkil etdi. «Gazeta.uz» o‘quvchilari Guliston, Jizzax, Samarqand, Olmaliq va boshqa shaharlarda zilzila sezilganini ma’lum qilishdi.
Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmomarkazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 5,1 balni tashkil etgan.
Yangilik to‘ldirilmoqda.