O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi xodimlarining Toshkent va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma kiritish mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritildi. Mazkur o‘zgartish Vazirlar Mahkamasining 11 oktyabrdagi qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatidan endilikda 61 ta tashkilot o‘rin egallaydi.

YoshlarUyi.uz saytida oydinlik kiritilishicha, mazkur qaror Yoshlar ittifoqiga a’zo yoshlarga poytaxt hududidagi «Yoshlar» uylaridan birini sotib olish imkonini beradi.