«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi O‘zbekiston poytaxtida avtobuslar harakatini kuzatish uchun yangi mobil ilova — MyBus Tashkent ishga tushirilganini ma’lum qildi. U Android operatsion tizimi asosida ishlovchi mobil qurilmalarda ishlaydi (yuklab olish).

Mobil ilova yordamida belgilangan yo‘nalishdagi avtobuslar harakatini kuzatish, ularning kerakli bekatlarga kelish vaqtini aniqlash, shuningdek davlat raqami, avtopark raqami, harakat tezligi va bekatgacha qolgan masofani bilish mumkin.

Ogohlantirish tizimi kerakli avtobusni o‘tkazib yubormaslik uchun zarur bekatga chiqishga ko‘maklashadi. Bekatlar katalogi belgilangan bekatdan qaysi yo‘nalishdagi avtobuslar o‘tishini aniqlashga yordamlashadi. Qidiruv funsiyasi orqali avtobuslarni raqamlar, bekatlarni nom bo‘yicha izlashga imkon beradi. «Joylashgan yer» tugmasi yaqin bekatni topishga imkon beradi. yo‘nalishlarni tezroq topish uchun tanlanganlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yish mumkin.

Mobil ilova Zo`r Bus Company kompaniyasi dasturchilar jamoasi tomonidan ishlab chiqildi.