Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 30 oktyabr kuni Ozarbayjonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — «Boku-Tbilisi-Kars» temir yo‘l liniyasi ochilish marosimida ishtirok etishdan iborat.
RIA Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirda Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya prezidentlari hamda Gruziya bosh vazirining ishtirok etishi kutilmoqda.
«Boku-Tbilisi-Kars» temir yo‘l liniyasi Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya davlatlararo kelishuvi asosida bunyod etiladi. Koridorning yuk o‘tkazuvchanlik qobiliyati yiliga 17 million tonnani tashkil etadi.