O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov tarixda ikkinchi eng yosh grossmeyster bo‘ldi, deb xabar qildi Shess.com sayti.
29 oktyabr kuni Sankt-Peterburgda xalqaro Chigorina Yodgorligi shaxmat musobaqasi yakunlandi. Unda Nodirbek 9 ochkodan 6,5 ochko to‘plab, 13 yosh 1 oy va 11 kunligida uchinchi normani bajardi.
![](https://www.gazeta.uz/media/img/2017/11/KtKyP715095341741772_b.jpg)
Tarixdagi eng yosh grossmeysterlar ro‘yxati.
U 24 yoshli hindistonlik grossmeyster Panayappan Setxuraman va 27 yoshli rossiyalik grossmeyster Yevgeniy Levinni mag‘lubiyatga uchratib, rossiyalik xalqaro grossmeysterlar — 32 yoshli Artyom Timofeyev va 31 yoshli Yevgeniy Alekseyev bilan durang o‘ynadi.
![](https://www.gazeta.uz/media/img/2017/11/zMPQmw15095341264583_b.jpg)
Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan eng yosh grossmeyster Sergey Karyakin bo‘lib, u 12 yoshu 7 oyligida grossmeyster bo‘lgan.
Chorshanba kuni Nodirbek Abdusattorov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan MacBook Pro noutbuki bilan taqdirlandi.