7 noyabr kuni taxminan 14:15 dan 14:40 gacha O‘zbekistonda internetga ulanishda uzilish qayd etildi.
«O‘zbektelekom» matbuot xizmatining xabar qilishicha, nosozlikka chegaradosh mamlakat hududidagi rejalashtirilmagan avariya-tiklash ishlari sabab bo‘lgan.
7−8 noyabr kunlari vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
«O‘zbektelekom» noqulaylik uchun abonentlardan uzr so‘radi.