O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov 15 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga tashrif buyurdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

16 noyabr kuni Ozarbayjon mudofaa vaziri Zakir Gasanov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan harbiy, harbiy-texnik, harbiy ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar 2018 yilda ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasini imzoladi.