O‘zbekistonlik bokschilar neft mamlakatlari XV Jahon kubogida bitta oltin va uchta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
22-27 noyabr kunlari Rossiyaning Xanti-Mansiyskiy avtonom okrugida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston, Mo‘g‘iliston, Polsha, Shvetsiya, Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Qozog‘iston, Moldova va Rossiyadan 100 nafar sportchi ishtirok etdi.
![](https://www.gazeta.uz/media/img/2017/11/irrxY015118827125749_b.jpg)
Chapdan o‘ngga: Isroil Madrimov, Iqboljon Xoldarov, Hasanboy Do‘smatov, Ziyatdinbek Toygonbayev, Jasurbek Latipov, Sanjar Tursunov.
Jahon vitse-chempioni, Osiyo va 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov 52 kg gacha vazn toifasida ringga chiqib, finalda rossiyalik Rasul Jaayev ustidan g‘alaba qozondi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
![](https://www.gazeta.uz/media/img/2017/11/SjD6L415118827126923_b.jpg)
Sanjar Tursunov.
Iqboljon Xoldarov (64 kg gacha), Isroil Madrimov (75 kg gacha) va Sanjar Tursunov (91 kg gacha) esa kumush medal bilan cheklandi.
![](https://www.gazeta.uz/media/img/2017/11/MU7Qoc15118827131304_b.jpg)
Iqboljon Xoldarov (o‘ngda).
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istondan keyingi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
![](https://www.gazeta.uz/media/img/2017/11/kj9bA815118827128865_b.jpg)
Ziyatdninbek Toygonbayev.
Murabbiylik shtati tarkibidan Ravshan Xodjayev va Ziyatdninbek Toygonbayev o‘rin egallagan bo‘lsa, hakam sifatida Hamid Tursunov faoliyat olib bordi.