O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Javlon Vahobov AQSH Prezidenti Donald Trampga ishonch yorliqlarini topshirdi. Marosim Amerika rahbarining rasmiy qarorgohi Oq uyda bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi «Jahon» AA.
Bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida Donald Tramp so‘nggi yilda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan choralar respublikaning amaliy islohotlarni joriy etishni maqsad qilganini tasdiqlaydi, deya ma’lum qildi. O‘zbekiston tomonidan tashlanayotgan qadamlar, jumladan milliy valyuta konvertatsiyasi xorijiy investorlar uchun mamlakat jozibadorligini oshirdi.
Amerika ma’muriyati rahbari bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo‘yish va davlat boshqaruvida transparentlikning ta’minlanishidagi o‘sishlarni ijobiy qarshi oldi.
AQSH Prezidenti O‘zbekiston-Amerika aloqalarini chuqurlashtirish tarafdori ekanini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki davlat ham ko‘plab umumiy manfaatlarga ega.
«Vashington mintaqaviy hamkorlik va Afg‘onistonni barqarorlashtirish yo‘lidan borayotgan kuchli va mustaqil O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi», - dedi u.
Donald Tramp AQSH O‘zbekistonning allaqachon mintaqa mamlakatlarining o‘zaro aloqalarini yaxshilashga turtki bergan yaqin qo‘shnichilik siyosatini iliq qarshi olishini ta’kidlab o‘tdi. Rasmiy Toshkentning Qirg‘iziston bilan chegaralarning katta qismini delimitatsiya qilish borasidagi choralarini o‘z samarasini bergani alohida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, Javlon Vahobov oktyabrda AQSH elchisi etib tayinlangan edi. 2015 yil iyulidan buyon u O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.