O‘zbekiston Madaniyat vazirligi yaqinda tashkil etilgan O‘zbek millik maqom san’ati markaziga rahbar tayinlanganini ma’lum qildi.
11 dekabrdan markaza Jasur Jabborov bosh direktor v. b. etib tayinlandi. U 2016 yil iyundan O‘zbekiston Badiiy jamoalar ijodiy uyushmasi administratori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
28 yoshli Jasur Jabborov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bitiruvchisi (2014).
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi O‘zbekiston Prezidenti SHAvkat Mirziyoyevning noyabrdagi qarori asosida maqomni har tomonlama tadqiq etish, u bilan bog‘liq ijro maktablari va an’analarni rivojlantirish, maqomning «oltin fondi"ni tashkil etish va boyitish, shuningdek keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan edi.