20 dekabr kuni Toshkent IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Tozalash-Antiterror» tadbiri jarayonida 4076 marta Yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etildi.
IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- xavfsizlik kamarlaridan foydalanish qoidalariga rioya etilmasligi — 1398 holatda;
- odamlarni tashish qoidalarining buzilishi — 521 holat;
- tezlikning me’yoridan oshirilishi — 302 holat;
- transport vositasini boshqarish vaqtidan telefondan foydalanish — 66 holat;
- svetoforning taqiqlangan signalidan o‘tish — 64 holat;
- transport vositasini mast holatda boshqarish — 31 holat;
- transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarish — 26 holat;
- huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga bo‘ysinmaslik — 5 holat.
134 ta transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Bu kabi statistika IIBB tomonidan har kuni chop etilmoqda. Solishtirish uchun: YHXB inspektorlari tomonidan 18 va 19 dekabr kunlari mos ravishda 2359 va 2936 ta holat qayd etilgan edi.