Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev O‘zbekiston Regbi federatsiyasi raisi lavozimiga qayta saylandi, deya xabar qildi sport tashkiloti matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.
26 dekabrda bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov konferensiyasida Shuhrat Ikromov raisning birinchi o‘rinbosari, Qahramon Jalilov esa o‘rinbosar etib saylandi. Jasur Ortiqov bosh kotiblikka qayta saylandi.
«Bizni regbini rivojlantirish bo‘yicha katta va jiddiy ishlar: uni ommaviylashtirish, talabalar va yoshlar o‘rtasida ommalashtirish, respublika musobaqalari dasturiga kiritish vazifasi yuklangan», dedi Sodiq Safoyev.