2 yanvardan boshlab Rossiya va Qozog‘iston temiryo‘l yo‘nalishidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi reyslariga chegirmalar joriy qilinadi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar qildi.
2018 yilda chiptalarning oldindan xarid qilish muddatiga qarab quyidagicha chegirmalar belgilandi:
- — yo‘lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 45−31 sutka oldin xarid qilsa 45 foizlik, platskart vagonlar uchun — 35 foizlik chegirmaga ega bo‘ladi;
- — yo‘lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 30−6 sutka oldin xarid qilsa 35 foizlik, platskart vagonlar uchun — 35 foizlik chegirma oladi;
- — yo‘lovchi chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 5 sutka oldin va undan kamroq vaqt qolganda xarid qilsa 5 foizlik ustama qo‘shilishi mumkin
Mazkur chegirmalar ichki yo‘nalishlar, shuningdek, uyushgan yo‘lovchilar guruhiga nisbatan tatbiq etilmaydi.