«Suvsoz» korxonasi Toshkentda 14 fevraldan sovuq suv tariflari oshirilishini ma’lum qildi. Yangi narxlar 29 yanvar kuni poytaxt hokimi tomonidan tasdiqlandi.
Aholi uchun bir kub metr ichimlik suvining narxi 190 so‘mdan 195 so‘mga (1,5 koeffitsiyent bilan — 285 so‘mdan 292,5 so‘mga, 12 yanvar kuni Toshkent hokimi tasdiqlagan ustama haq bilan esa — 392,5 so‘m), kanalizatsiya xizmatlari narxi — 155 so‘mdan 165 so‘mga ko‘tariladi.
Markazlashtirilgan issiq suv ta’minotiga ulangan ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarda hisoblagich bo‘lgan taqdirda, 1 kub metr suv narxi 625 so‘m (hozirda — 500 so‘m), markazlashtirilgan issiq suv ta’minotiga ulanmagan kvartiralarda esa 460 so‘m (hozirda — 345 so‘m) bo‘ladi.
Xususiy sektordagi uylarda — kanalizatsiyaga ulangan uylarda 1 kub metr suv narxi 345 so‘mdan 460 so‘mga, kanalizatsiyaga ulanmagan xonadonlarda esa 190 so‘mdan 295 so‘mga oshiriladi.
Bunga qadar sovuq suv tariflari o‘tgan yilning 21 iyulida ko‘tarilgan edi.