2018 yilda O‘zbekistonda 310 ta tibbiyot muassasini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlashga 803,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Bu o‘tgan yilga nisbatan 45 foizga ko‘p demakdir. 2017 yilda soliqni saqlash tizimida 181 ta davolash-profilaktika muassasida 552,6 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan edi.

Yanvarda tibbiyot OTMlarining 1811 nafar bitiruvchisi umumiy amaliyot shifokori sifatida ishga joylashdi. Bu Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi vakant o‘rinlarini to‘liq qoplashga imkon berdi.

Bundan tashqari, klinik ordinatura ikkinchi bosqichini tamomlagan 926 nafar bitiruvchi tor mutaxassislik bo‘yicha faoliyatini boshladi.

Joriy yilda umumiy amaliyot shifokorlari uchun 82 foizi, tor mutaxassislik bo‘yicha esa 55 foiz vakant o‘rinlar to‘ldiriladi.