Gazeta.uz pazandachilikka asoslangan Zira.uz sahifasi bilan hamkorlikda siz aziz o‘quvchilarga mazali va to‘yimli taomlar jamlanmasini tavsiya qiladi.
Qozon-kabob![]()
Qozon kabob — o‘zbek milliy oshxonasining eng sevimli taomlaridan biridir. Qizarib pishgan go‘sht va kartoshka bo‘laklari har qanday dasturxonga ham ko‘rk bag‘ishlaydi. Bunday mazali taomni biz bilan birga albatta tayyorlab ko‘ring!
Pigodi![]()
Pigodi — O‘rta Osiyoda sevib iste’mol qilinadigan koreyscha taomlardan biridir. Bug‘da pishiriladigan bu mazali taom uchun kerakli mahsulotlar har birimizning ro‘zg‘orimizdan topiladi.
«Toshkent» salati![]()
Mavsumiy sabzavotlardan tayyorlaniladigan buенгил salat ajoyib ta’mi sabab ham ko‘pchilikning sevimli salatiga aylanib ulgurgan.
Vitaminli salat![]()
Bahor mavsumi oldidan organizmizni vitaminli salatlar bilan to‘yintirishimiz kerak. 10 daqiqa ichida tayyor bo‘ladigan Vitaminli salatimiz har qanday taomingizni boyitishi aniq
Go‘sht va kartoshkali pirog![]()
Mazali va to‘yimli go‘shtli pirog tayyorlash ham san’at b o‘lib, bunda u bizdan ko‘pgina mahoratni talab qiladi. Lekin qo‘lingizda to‘g‘ri retsept bo‘lsa, bu muammo juda tez yechiladi.
Qatlama somsa![]()
Qatlamali somsalar — ko‘pchiligimizning sevimli milliy taomlarimizdan biridir. Bunday somsalarni har xil asoslardan pishirish mumkin. Masalan: go‘shtli, ko‘katli, qovoqli va kartoshkali. Pishirish usullari juda ham ko‘p bo‘lib, har biri o‘ziga yarasha mazalidir.
Paxlava![]()
Sharqning sevimli shirinliklaridan biri bu — paxlava. Xamirning har bir qavati foydali bo‘lgan quruq mevalar bilan boyitilgan bo‘lib, barchangizga yoqishi aniq.
Facebook: fb.com/zirauz/
Instagram: instagram.com/zirauz/
Telegram: t.me/zirauzuz
Telegram guruhi: t.me/zirauz_chat
Elektron pochta: info@zira.uz