O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga keldi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Davlat rahbari 2017 yil aprel va noyabrda ham bu yerga kelib, viloyatni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy ob’ektlar qurish bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘ygan edi. Tashrif doirasida ana shu vazifalar ijrosi tahlil qilinadi, yangilari belgilab beriladi.

Har doimgidek, tashrifning birinchi kunida asosan tumanlarga borish, viloyat faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.