Gazeta.uz va pazandachilik sahifasi bo’lmish Zira.uz bilan birgalikda Navro’z bayrami dasturxoniga oddiy va juda mazali taomlar jamlanmasini tavsiya qiladi.
Uyda pishirilgan patirchalar
Hech qaysi bayram dasturxonini issiqqina patirlarsiz tasavvur etib bo’lmasa kerak. Bugun sizlarga tayyorlanilishi juda oson bo’lgan retseptimizni taqdim etamiz. Bunday xamirni bir kecha oldin tayyorlab qo’ying va nonushtaga yumshoqqina nonlardan pishirib, barchani quvontiring.
Qo’y go’shti va kartoshkadan ajoyib taom
Milliy kafesi o’zining juda ajoyib va mazali taomini taqdim etadi. Qo’y go’shtidan va kartoshkalardan tayyorlaniladigan bu taom dasturxon atrofida yig’ilgan oila a’zolaringizni xursand qilishi aniq.
Qovurilgan chuchvara
Bayram dasturxoniga o’zgacha ko’rk beruvchi qovurma chuchvaralar katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq. Aytgancha, bu chuchvarani qovursa ham, shunchaki qaynatib pishirsa ham bo’ladi.
Suzma va bodringdan salat
Suzma juda mazali va foydali sut mahsulotlardan biri bo’lib, undan tayyorlanilgan salat esa hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. Bunday ajoyib salat bayram dasturxonini ham bezashiga shubha yo’q.
Tovuq va pishloqdan pishirilgan turkcha somsa
Bunday somsa smetanaga qorilgan xamirdan tayyorlanib, asos sifatida tovuq va pishloq bo’lakchalari qo’shiladi. Tayyorlanilishi juda oson bo’lib, hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Pishgan somsalar esa og’zingizda erib ketadi!
Turkcha paxlava
Turkcha paxlava qiyomga to’yintirilgan mazali shirinlik bo’lib, maydalangan yong’oq va xandon pista bilan boyitilgan. Dasturxoningizni bezatib, barchaning ko’nglidan joy egallaydi.
Ko’k somsa Albatta hech qaysi Navro’z, ya’ni ko’klam bayrami bizlarning sevimli ko’k somsalarimizsiz o’tmaydi. Bu safargi somsaning xamirini umuman o’zgacha uslubda tayyorladik. Tanishib chiqing, albatta yoqadi!
Bundanda ko’proq mazali retseptlar Zira.uz sahifasida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
O’zbek tilidagi telegram kanal: t.me/zirauzuz
Rus tilidagi telegram kanal: t.me/zirauz
Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat