Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Marokash termasidan mag‘lubiyatga uchradi. Kasablankadagi «Muhammad V» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakuniga yetdi.
O‘yinda hisob 3-daqiqadayoq ochildi — hujumchi Ayyub al Kaabiy darvozaning o‘ng burchagini nishonga oldi. Ikkinchi gol burchakdan tepilgan to‘p Manuel da Koshta zarbasidan so‘ng kiritildi.
Avvalroq bosh murabbiy Timur Kopadze shogirdlari Senegal bilan durang (1:1) o‘rnagan edi.
O‘zbekiston Eron (15 may) va Urugvay (7 iyun) jamoalari bilan ham o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.