3 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Jizzax viloyatiga tashrifi davomida xalq deputatlari Jizzax shahar, shuningdek Baxmal, Do‘stlik, Paxtakor, Zarbdor va Zafarobod tumanlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarini o‘tkazdi, deya xabar qilindi viloyat ma’muriyatidan “Gazeta.uz"ga. Sessiyalarda tashkiliy masalalar ko‘rilgan.

Jizzax hokimi lavozimida ishlab kelgan Akrom Baritdinovich Rahmonqulov o‘rniga avval “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Akbar Safarovich Shukurov tayinlandi.

Baxmal tuman hokimi lavozmiga Bahriddin O‘rolovich Safarov o‘rniga bunga qadar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Muso Anorboyev tayinlandi.

Do‘stlik tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Ibrohim Qarshiboyev Ziyouddin Saidov hokimlik qilayotgan Zafarobod tumaniga rahbar bo‘ldi.

Jizzax viloyatiga 2016−2017 yillarda hokimlik qilgan Ulug‘bek Uzoqov esa Do‘stlik tumani hokimi etish tayinlandi.

Paxtakor tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Narzulla Qo‘shboqov Zarbdor tumani hokimi bo‘ldi.

Paxtakor tumaniga Toshkent viloyatining sobiq hokimi (2016−2017) Shukurullo Boboyev hokim etib tayinlandi.

Qayd etish joizki, avval Shukurullo Boboyev va Ulug‘bek Uzoqov ish faoliyatidagi jiddiy kamchiliklar va hisobot ko‘rsatkichlarini soxtalashtirgani uchun Toshkent va Jizzax viloyatlari hokimlari lavozimidan chetlatilgan edi.

30−31 mart kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Jizzax viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ergash Soliyev hokim lavozimiga tasdiqlandi.