Turkiya ikkinchi marta Hestourex Jahon sog‘liqni saqlash, sport va turizm kongress-ko‘rgazmasini o‘tkazdi. 5−8 aprel kunlari Antaliyada bo‘lib o‘tgan tadbirda 165 mamlakatdan tibbiyot muassasalari, turizm biznesi va sug‘urta kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Ko‘rgazma Turkiya prezidenti Rejep Erdo‘g‘on boshchiligi ostida o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekistondan 14 nafar shifokor ishtirok etdi. Ko‘rgazmaning uchinchi kuni tashrif buyurgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu delegatsiya bilan ko‘rishdi, «Yaqinda men O‘zbekistonda bo‘ldim va prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdim. O‘zbekiston endi mening yuragimda, deb aytishni istayman», — dedi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu kardiolog Muyassar Muhamedova bilan ko‘rishmoqda.

Ko‘rgazmada gospitallar, tibbiyot muassasalari, sport, ekstremal, tibbiyot va tarixiy turizm bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar, mehmonxonalar va sayyohlar orasida keng foydalaniluvchi mahsulotlar — treylerlar, sport amunitsiyalari, davolash kosmetikasi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari stendlari namoyish etildi.

Ko‘rgazma haqida batafsil ma’lumotlar — rus tilida.