21 aprel kuni tonggi 7:40da Qozog‘istonning Jambul viloyati Korday tumani hududidan o‘tuvchi «G‘arbiy Yevropa — G‘arbiy Xitoy» avtomobil yo‘lining 205-kilometrida «Mersedes Sprinter» mikroavtobusi (davlat raqami 048 AXZ/13) to‘kilgan tosh uyumiga urilib, halokatga uchragan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, mikroavtobus «Olmaota-Chimkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan. Undagi jami 19 kishining 17 nafari O‘zbekiston fuqarosi, ikki nafari esa Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida uch kishi halok bo‘lgan, ularning ikki nafari — O‘zbekiston fuqarolaridir. Yana yetti kishi, ular ham O‘zbekiston fuqarolari, Korday tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
YTH natijasida:
- Madatov Sh., 1977 yilda tug‘ilgan;
- Teshabuyev A., 1971 yilda tug‘ilgan vafot etdi.
Jarohatlanganlar:
- Jamalov I., 1971 yilda tug‘ilgan;
- Xakimov A., 1969 yilda tug‘ilgan;
- Kalmurzayev B., 1994 yilda tug‘ilgan;
- Xusanov E., 1986 yilda tug‘ilgan
- Davronov X., 1976 yilda tug‘ilgan;
- Madatov A., 1968 yilda tug‘ilgan;
- Madatov D., 1981 yilda tug‘ilgan.
Halok bo‘lganlarning jasadlari Korday tuman markaziy shifoxonasida.
FVV «Tezkor raqamlari» (+998 71) 147−10−50.
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonasi