Xotira va qadrlash kuni nishonlanishi munosabati bilan 9 may kuni Samarqanddagi qator ko‘chalarda 8:00 dan 13:00 ga qadar transprt harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.
Ko‘chalar ro‘yxati
- Registon maydonidan Amir Temur maydonigacha bo‘lgan ko‘chalar uchastkalari;
- Amir Temur maydonidan viloyat musiqa va drama teatrigacha bo‘lgan uchastka;
- Ko‘k saroy maydoni;
- Mirzo Ulug‘bek va Bo‘stonsaroy ko‘chalaridan Ko‘k saroy maydonigacha bo‘lgan uchastka;
- Universitet xiyoboni;
- Universitet xiyobonidan Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan uchastka;
- Mahmud Qoshg‘ariy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur maydonigacha bo‘lgan uchastka.