9 may kuni kechqurun Toshkentda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram salyutlari otildi. An’anaga ko‘ra, salyutlar poytaxt markazidagi O‘zbekiston Milliy bog‘idan otildi.

Kelgusida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida hokimiyat poytaxtning birvarakayiga besh-olti joyida otishni rejalashtirgan. Bunday qaror fuqarolarning murojaatlari sababli qabul qilindi, deya xabar qildi shahar ma’muriyati matbuot xizmati.

Hokimiyatdan qo‘shimcha qilinishicha, salyutlar kelgusida yanada chiroyli va xilma-xil bo‘ladi.