Toshkentda 14 may kuni erta tongda 2006 yilda tug‘ilgan qiz, dastlabki taxminlarga ko‘ra, ovqatdan zaharlanish natijasida vafot etdi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ga O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Qiz va ukasi (2009 y. t.) ovqatdan zaharlanish gumoni bilan 1-soni shahar bolalar klinik shifoxonasiga olib kelingan, biroq qizning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.

Shifoxonadan «Gazeta.uz"ga ma’lum qilinishicha, bolaning holati me’yorida. Tekshiruvdan so‘ng u virusologiya bo‘limiga joylashtirilgan.

Bola va uning buvisining so‘zlariga ko‘ra, yakshanba kuni u xot-dog, opasi esa banan yeb, sharbat saqlovchi ichimlik ichgan.

Hozirda sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilmoqda, tekshiruvlar yakunlari bo‘yicha qizning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aniqlanadi, deya xabar qildi tibbiyot muassasasi vakili.

Prokuratura tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazmoqda.