O‘zbekiston Mudofaa vazirligi desantchilari parashyut bilan To‘yabo‘g‘iz suv omboriga («Toshkent dengizi») sakrashni amalga oshirdi, deya xabar qildi vazirlik «Gazeta.uz"ga.

Harbiy xizmatchilar avvaliga Toshkent harbiy okrugi Desant tayyorgarligi markazi bazasida bir necha hafta tayyorgarlikdan o‘tishdi.

Sakrashlar MI-8 vertolyotidan 400 metr balandlikda amalga oshirildi. Desantchilar suvga «qo‘ngani"dan so‘ng parashyutlardan xalos bo‘lib, qirg‘oqqacha 200−300 metr masofa suzib borishdi.

Foto

Video