Gazeta.uz va Zira.uz sahifalari Ramazon Hayit bayramida dasturxonga tayyorlaniladigan taomlar jamlanmasini tavsiya qiladi.
«Mujskoy kapriz» salati
Deyarli barcha restoranlarda ham, uyda ham sevib iste’mol qilinadigan bu salat bir necha xil go‘sht mahsulotlaridan, pishloq va mayonezdan tayyorlaniladi. Bu salat yanada mazaliroq chiqishi uchun esa, unga uyda tayyorlanilgan маёнездан solishingizni tavsiya qilamiz.
«Registon» salati
Yorqin rangli va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lgan bu«Registon» salati bayram dasturxoningizni bezashi aniq. Bozorlarda baqlajon va qovoqchalar g‘arq pishgan vaqtda, ulardan to‘yib iste’mol qilishga shoshiling.
Qo‘y go‘shti va kartoshkalardan taom
Bu испанча taomни O‘zbekiston sharoitida ham tayyorlash juda oson bo‘lib, umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi. Qo‘y soni gaz pechida yangi kartoshka va ziravorlar bilan tobida pishirib olinadi.Erkakalarimizga bu taom yoqish shubhasiz!
Samarqandcha palov
Hech qaysi bayram o‘zimizning milli taomimiz — palovxonto‘rasiz o‘tmaydi. Bugun sizlarga palovнинг samarqandcha usulda pishiriladigan retseptini taqdim etamiz. Agar hali pishirib ko‘rmagan bo‘lsangiz, unda hozir buning ayni fursati.
Gulxonim
Xonim mazali va to‘yimli ovqat bo‘lib, lekin bazmu gaplarda uni tortish birozgina noqulaydir. Lekin bugungi biz tayyorlagan gulxonim dasturxonga faqatgina ko‘rk bag‘ishlaydi desak adashmagan bo‘lamiz. Gulxonim xamiri va asosi xuddi o‘rama xonimdek bo‘lib, faqat tashqi ko‘rinishi bilangina bir-biridan farq qiladi.
Qatlamali xamirdan somsalar
Bugun sizlarga eng mazali milliy pishirig‘imiz bo‘lgan — somsalar retseptini taqdim etamiz. Hozirda do‘konu bozorlarda barcha yarim mahsulotlargacha tayyor bo‘lib, ularni uyda tayyorlashingizga hech hojat qolmagan. Lekin uyda, o‘z qo‘llaringiz bilan pishirilgan taomga hech narsa teng kelmaydi.
Chak-chak
Chak-chak ko‘p masalliqlarni talab qilmaydigan, ammo juda mazali yegulik! Bu shirinligimizni ta’bingizga qarab har xil yong‘oqlar, mak yoki quritilgan mevalar bilan ham bezatishingiz mumkin. Aytgancha, chak-chakлар buralib chiqishi uchun, qovurayotganda tez-tez chovlida aralashtirib turishni unutmang.
Paxlava
Ko‘pchiligimizning sevimli shirinligimiz sanalmish paxlava pishirig‘ini tayyorlash siz o‘ylaganchalik qiyin ish emas. Faqatgina bizning ko‘rsatmalarga amal qilsangiz bo‘lgani.
Paxlavaни hamma turlicha tayyorlaydi. Bizlar bugun sizlarga o‘zimizning ishonchli va sevimli bo‘lishga aylangan retseptimiz asosida pishirib ko‘rsatamiz.
Bundanda ko‘proq mazali retseptlar Zira.uz sahifasida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
O‘zbek tilidagi telegram kanal: t.me/zirauzuz
Rus tilidagi telegram kanal: t.me/zirauz
Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat raqami: (+99899) 837−15−15