13 iyun kuni 18:00 dan 20:00 gacha Toshkentdagi Minor masjidi va shu nomdagi qabriston atrofidagi ko‘chalar avtotransport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda IIBB saytida xabar qilindi.
Quyidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi:
- Sharof Rashidov ko‘chasi Xurshid ko‘chasidan Kichik halqa yo‘ligacha;
- Kichik halqa yo‘li Sharof Rashidov ko‘chasidan Labzak ko‘chasigacha;
- Labzak ko‘chasi Nurafshon ko‘chasidan Kichik halqa yo‘ligacha qismi.
Boshqarma vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘radi.