O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
«Vnukovo-2» xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari futbol bayramiga xos ko‘tarinki muhitda kutib olindi.
Taomilga ko‘ra, Prezidentimizni futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining ramzi — bo‘ri «Zabivaka» qarshi oldi.
Shavkat Mirziyoyev «Mundial"ning rasmiy to‘piga dastxat qo‘ydi.
Davlat rahbari o‘g‘li Miralisher va nabirasi Miromon bilan bo‘ri «Zabivaka» yonida suratga tushdi.