«Gazeta.uz» Samarqandning YUNESKO himoyasidagi tarixiy qismida qurilish ishlari olib borilayotgani haqida yozgan edi. Arxitektura yodgorliklari qarshisida ko‘p qavatli uylarning qurilishi tarixiy binolarga zarar yetkazmoqda. Jurnalistlar guruhi jarayonlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tarixiy shaharga tashrif buyurdi.
2001 yilda «Samarqand — madaniyatlar chorrahasi» nomi ostida o‘rta asrlar, islom va Yevropa arxitekturasini o‘zida mujassam etgan uchta tarixiy qismi: Afrosiyob, Temuriylar davri va Yevropa qismi bilan YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Samarqandning uchta himoya qilinuvchi hududi xaritasi.
Ushbu hududda qariyb 1000 ta arxeologik yodgorliklar, tarixiy inshootlar, masjid va madrasalar, maqbaralar, turar joylash va boshqa ob’ektlar jahon madaniy merosi sifatida ko‘riladi. Ularni obodonlashtirish, rekonstruksiya qilish va foydalanish xalqaro talablar asosida Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘yicha davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim. Biroq xalqaro va milliy talablarga rioya etilmayotgani, davlat inspeksiyasi buyrug‘i inkor etilayotgani ma’lum bo‘ldi.
19-uyning buzilishиMironshoh Mirzo ko‘chasidagi 19-uy muhofaza ostiga olingan ob’ektlar ro‘yxatiga kiritilguncha qadar. Shundan so‘ng uy to‘liq restavratsiya qilingan.
Mironshoh Mirzo ko‘chasidagi 19-uy Samarqand viloyat hokimiyatining yakshanba kuni e’lon qilingan izohida uning o‘rnida ko‘p kvartirali uy qurish maqsadida aholi bilan kelishgan holda buzilgani aytiladi. Unda bino madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy bino ham emasligi keltirib o‘tilgan.
Biroq uy egasi Lyudmila Melexina 2014 yilda ob’ekt Samarqand hokimining 2000 yil 14 martdagi qarori bilan madaniy meros ob’ekti hisoblanishi va davlat muhofazasi ostida ekani haqida ogohlantirilgan.
Mironshoh Mirzo ko‘chasidagi 19-uy.
19-uy buzilish arafasida (chapda) va keyin (o‘ngda). Hozirda uy to‘liq buzib tashlangan.
Davlat inspeksiyasi boshlig‘i Maysara Nabirayevaning so‘zlariga ko‘ra, uy egasi uning buzilishiga qarshi bo‘lgan va sud majlislarida ham qatnashgan. Biroq keyin quruvchi uyni sotib olgan va uni buzib tashlagan.
Pushkin ko‘chasidagi 3-uy yaqinidagi kotlovan.
Chapda — ko‘p qavatli uy loyihasi, o‘ngda — muhofaza qilinuvchi ob’ektlar ro‘yxatiga kiruvchi turar joylar hududi.
«Max Real Stroy Invest kompaniyasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga fototakliflarini taqdim etganda ishchi chizmalar, uchastka tavsifi, eskiz ko‘rinishidagi rejali ishlar, bino balandligi bo‘lishi kerak edi. Bir qaraganda bu kompaniya go‘yoki yangi shaharda, madaniy yodgorlik ob’ektlari hududini hisobga olmagan holda bo‘sh uchastkada uy qurishni rejalashtirayotgandek ko‘rinadi. Boshqarma qurilishga rad javobini berdi», — deydi Maysara Nabirayeva.
Maysara Nabirayeva.
keyinchalik Max Real Stroy Invest bino qavatlari sonini pasaytiradi, biroq yana ob’ekt bo‘sh uchastkada qurilayotganini ko‘rsatadi. Boshqarma ekspertizada bino uch qavatdan oshmasligi, madaniy meros ob’ektlari saqlab qolinishi lozimligini ko‘rsatadi. Biroq bu amalga oshmadi.
Aslida besh qavatli bo‘lgan «uch qavatli» binolarMax Real Stroy Invest vakili jurnalistlar bilan suhbatda loyihada uch qavatli bino qurilishi ko‘zda tutilganini ta’kidlagan bo‘lsa ham, fotosuratlardan uning ko‘proq qavatli ekanini bilish qiyin emas. Quruvchi tomonining aytishicha, pastki qavatlardagi do‘konlar va mansarda (qiya shipli boloxona) turar joy qavati hisoblanmaydi.
Eski uylab saqlab qolinishi kerak, ular tarixiy ahamiyatga ega, degan tanbehga quruvchi vakili yangi sahifa ochib, bir joyda turib qolmaslik kerak, deya javob qaytardi.
Maysara Nabirayeva yangi qurilishlar Samarqand arxitekturasi xilma-xilligidagi o‘ziga xoslikni o‘zida ifoda etishi kerak, deb hisoblaydi. Ular hududiy o‘ziga xoslikni hisobga olishi va joriy inshootlar arxitekturaviy ansambliga uyg‘un kelishi, uning uslubi va noyobliginini saqlab qolishi, begonadek ko‘rinmasligi lozim.
Mutaxassis Samarqandda ayni paytda muhofaza ostidagi ob’ektlarga taalluqli 27 ta noqonuniy qurilish holatlari aniqlanganini ma’lum qildi. Ularning oltitasi qo‘pol qonunbuzarlik hisoblanadi (to‘liq ro‘yxat).
Bundan tashqari, Samarqand viloyati hokimligining 23 maydagi xatida 83 moddiy-madaniy yodgorlik ob’ekti jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan egallab olinib, qo‘shimcha qurilishlar, rekonstruksiya yoki ob’ektlarni buzish orqali davlat manfaatlariga bevosita zarar yetkazilgani aniqlangani xabar qilingan.
«ToshkentboshplanLITI» instituti Samarqandning tarixiy markazi chegarasidagi Mustaqillik va Pushkin ko‘chalari chorrahasida o‘rtacha qavatli turar joy binosi qurilishi bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqar ekan, hudud YUNESKO umumjahon madaniy yodgorligi ro‘yxatiga kiritilganini ma’lum qildi. Bu yerda inshootlar qurilgan davr uslubi va koloritiga qat’iy rioya etilgan holda bir va ikki qavatli binolar qurish mumkin.
Madaniyat vazirligi aralashuvi
Bu haqda OAVda xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng zudlik bilan O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — davlat isnpeksiyasi) tomonidan masala joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish natijalarini inobatga olib, qurilish ishlariga qonuniy baho berish va uni belgilangan tartibda to‘xtatish mazmunida Davlat inspeksiyasi tomonidan 6 iyun kuni Samarqand shahar prokuraturasiga murojaat etildi.
Pushkin ko‘chasidagi 3-uy. O‘ngda — Mironshoh Mirzo ko‘chasidagi 19-uyning buzilgan qismi.
13 iyun kuni Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi ishchi guruhi masalani joyiga borib qo‘shimcha o‘rgandi. Ular tegishli mutasaddilar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashib, qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar tushintirildi.
Bu masala alohida nazoratga olindi. 14 iyun kuni, soat 12.00da olingan tezkor axborotga ko‘ra, ob’ektda qurilish ishlari yana boshlangani ma’lum bo‘ldi.
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida uyining buzilishiga rozi bo‘lmagan xonadon egalaridan biri.
Shundan kelib chiqib, masalaga qonuniy baho berish va belgilangan tartibda qurilish ishlarini to‘xtatish yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi va tegishli sud organiga Davlat inspeksiyasi tomonidan murojaat (da’vo arizasi) tayyorlanmoqda.
Ushbu masalalar yuzasidan «Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida mahalliy davlat hokimyati organlari vakolatlari belgilanganligini inobatga olib, Samarqand viloyati hokimligiga bu haqda xabar berilgan.