Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichining 2-tur o‘yinlari davom etmoqda.
Bugun Urugvay terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Janubiy amerikaliklarning bu g‘alabasi natijasida Rossiyaning ham mundial nimchorak finalida o‘ynashi aniq bo‘ldi. Bu hodisa mamlakat tarixida ilk bor yuz berdi.
Bahsning 23-daqiqasida Urugvayning bosh yulduzi Suares tomonidan kiritilgan gol o‘yinda yagona bo‘lib qoldi. Qolgan vaqt davomida qilingan hujumlardan samara bo‘lmadi.
Urugvay — Saudiya Arabistoni 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 — 23 Suares.
Urugvay — Muslera, Varela, Ximenes, Godin, Kaseres, Sanches (Nandes, 82), Vesino (Torreyra, 59), Bentankur, Rodriges (Laksalt, 59), Kavani, Suares. Saudiya Arabistoni — Ovays, Breyk, Hausaui, Bulayxi, Shahraniy, Jassim (Mogaui, 44), Otayf, Baxebri (Kanno, 75), Faraj, Dossari, Muvallad (Saxlaui, 78).