5 iyul kuni Toshkentdagi «Coca-Cola» zavodida futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga chipta yutib olgan 20 nafar omadli insonni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Aksiyada g‘olib bo‘lgan 20 nafar ishtirokchi 3 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Zenit Arena» stadionida JCH-2018 nimchorak finali doirasidagi Shvetsiya — Shveysariya o‘yinini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Rossiyadan qaytib kelgach, g‘oliblarga zavod bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ular o‘z orzulari ushalishiga yordam bergan kompaniya tarixi, faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


«Coca-Cola» va «Coca-Cola Zero» markali ichimliklar orqali o‘tkazilgan aksiya 9 apreldan 15 iyunga qadar butun O‘zbekiston bo‘ylab davom etdi. Aksiyada jami 20 dona chipta va 0,5 litr hajmdagi 1,620,000 dona ichimlik o‘ynaldi. Ushbu aksiyada kumushrang qopqoqli, promo-kodli, maxsus reklama etiketkasiga ega bo‘lgan 0,5 litrli «Coca-Cola Classic» ichimligi ishtirok etdi.


«O‘zbekistonning 20 nafar fuqarosiga futbol bo‘yicha Jahon chempionatining keskin o‘tgan va hissiyotlarga to‘la bo‘lgan o‘yinini tomosha qilish imkoniyatini yaratib berganimizdan xursandmiz. Ular noyob imkoniyatga ega bo‘lishdi, sababi «Coca-Cola» — Jahon chempionatining global hamkori — ushbu aksiya mintaqamizdagi hamma davlatlarda ham o‘tkazilgani yo‘q. Undan oldinroq «Coca-Cola» FIFA bilan hamkorlikda Jahon chempionati kubogini Toshkent shahriga olib keldi hamda 2000 ga yaqin muxlis uni yaqindan ko‘rish va rasmga tushish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Kompaniyaning maqsadi — dunyodagi barcha insonlarning yuraklarini birlashtirish va ijobiy hissiyotlarni uyg‘otish. Jahon chempionati va Olimpiada o‘yinlari kabi global musobaqalarga homiylik qilish mana shu maqsad yo‘lidagi ishlar hisoblanadi. O‘zbekistonning barcha fuqarolariga reklama kampaniyalarimiz va takliflarimizni kuzatib borishni tavsiya qilaman, axir «Coca-Cola» butun dunyoga o‘zining yangiliklari bilan mashhur, hamyurtlarimizni yangiliklar bilan quvontirishda davom etamiz", — deydi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston» bosh direktori o‘rinbosari U.T. Turdiyev.


Jahon chempionatiga chipta yutib olgan 20 nafar insonning yarmi Toshkentdan, qolgan yarmi esa Xorazm, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlaridan edi. G‘oliblar safar taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi:

A. Mahmudov (Toshkent shahridan): «Coca-Cola» kompaniyasiga ajoyib safar, Sankt-Peterburgda futbol bo‘yicha Jahon chempionatidek bayramda ishtirok etish va uni his qilish imkoniyatini yaratib bergani uchun minnatdorchilik bildiraman. Barchasi yuqori darajada tashkil etildi!"

Sh. G‘aniyev (Shahrisabz shahridan): «G‘aroyib imkoniyat uchun „Coca-Cola“ O‘zbekiston kompaniyasiga rahmat aytaman. Sankt-Peterburgdagi stadionda tomosha qilgan o‘yindan olgan taassurotlar va ajoyib hissiyotlar, unutilmas safar uchun minnatdorchilik bildiraman!»

D. Dadabayev (Toshkent shahridan): «O‘zbekistondagi „Coca-Cola“ kompaniyasi aksiyasining birinchi g‘olibi bo‘lganimga haligacha ishongim kelmayapti. Hissiyotlarni so‘z bilan ta’riflab bera olmayman. Shaxsan o‘zim va barcha g‘oliblar nomidan, Rossiyadagi mundialga va tarixiy Sankt-Peterburg shahriga sayohat uchun rahmat aytaman».

Reklama huquqi asosida.