O‘zbekiston Markaziy banki banklar tomonidan shikastlangan xorijiy valyutalarni almashtirish va yaroqsiz banknotalarni inkassoga qabul qilishda komission to‘lovlarni undirish holatiga izoh berdi.

MB xabarida aytilishicha, bu xorijiy valyutalarni almashtirishdagi komissiya to‘lovi ularni xorijiy emitent-banklarda almashtirishdagi xarajatlar, jumladan tashish, shuningdek korrespondent-bank yoki emitent-bank komissiya to‘lovlari xarajatlarini qoplash uchun zarur.

Avvalroq tijoriy banklarga jismoniy shaxslardan shikastlangan, biroq muomalaga yaroqli deb topilgan xorijiy valyuta banknotalarini milliy valyutaga ayirboshlash yoki xuddi shu miqdordagi shikastlanmagan banknotalarga almashtirish, ular bilan konversion operatsiyalarni amalga oshirishdan bosh tortishni taqiqlagan edi.