Maktablar 5−10 yildan keyin qanday bo‘ladi? Ta’lim tizimida aynan hozir nimani o‘zgartirish kerak? Bu sohada davlat-xususiy sektor hamkorligi qanday bo‘ladi? Xususiy maktablarning ochilishi xalq ta’limi tizimini yaxshi tomonga o‘zgartira oladimi? Maktabda bolalarning iqtidorlarini aniqlash va rivojlantirishga qanday shaklda yordam berish?
25 iyul kuni «Biznes laboratoriyasi» O‘zbekistondagi xalq ta’limi tizimiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etadi. Unda quyidagi spikerlar chiqish qiladi:
Sherzod Shermatov — O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri (agar u safarga chiqadigan bo‘lsa vazir o‘rinbosari Sarvar Boboxo‘jayev qatnashadi);
Vyacheslav Kan — MyWay rivojlanish va malaka oshirish markazi rahbari;
Vitaliy Kim — Study Smart School xususiy maktabi rahbari.
Uchrashuv soat 18:30 dan 21:00 gacha Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Temur Malik ko‘chasi, 146-uyda joylashgan GroundZero kovorking markazida o‘tkaziladi. Qatnashish istagida bo‘lganlar oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Qatnashish narxi — 50 ming so‘m. O‘qituvchilar, talabalar va davlat idoralari xodimlari guvohnomasini ko‘rsatgan holatda 50 foizlik chegirmaga ega bo‘ladi.