Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida 2 avgust kuni Angren shahar Logistika markazida yashovchi G. L. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashinasini «Jizzax-Paxtakor-Gagarin» yo‘lining 83-km.da haydab ketayotib piyoda, «Ipak yo‘li» MFYda yashovchi maktab o‘quvchisi X.M.niurib yuborgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida X.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.