Azim Axmedxodjayev O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod qilindi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

Uning o‘rniga O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining sobiq direktori Shuhrat Mahamadjonovich Sodiqov tayinlandi.

Foto: Azim Ahmadxodjayev.

Azim Axmedxodjayev Loyiha boshqaruvi milliy agentligida yangi tashkil etilgan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish blokini boshqaradigan bo‘ldi.

Shuhrat Sodiqov (1969 y. t.) 2010 yildan Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri bo‘lib ishlagan. avval — 2008−2010 yillarda «O‘zbektelakom» kompaniyasi direktori, 2006−2008 yillarda esa bosh direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2017 yil avgustda Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga rahbar etib tayinlangan edi.