2018 yilning 9 avgust kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsuli etib tayinlangan Abdusalom Hatamov Toshkent shahridan jo‘nab ketdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
U bunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.