Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi 628 va 629-son qarorlari bilan ikkita erkin iqtisodiy zonaga Samarqand va Navoiy shaharlarida yer maydonlari berildi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.
«Urgut» EIZ Samarqand shahar «Xishrav-2» massivi hisobiga kengaytiriladi. Ajratilayotgan yer maydoni chegaralari quyidagicha:
shimoliy tomondan — «Darg‘om» kanali hududi;
sharqiy tomondan — Samarqand viloyati Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining malaka oshirish markazi hududi;
janubiy tomondan — davlat zaxira yerining jarlikkacha bo‘lgan hududi;
g‘arbiy tomondan — Mudofaa vazirligining harbiy bazasiga tutash hududi.
«Navoiy» EIZga esa S.Ayniy ko‘chasidagi (27 va 69-uylar) 84,1 gektarlik maydon berildi.