15 avgust kuni rejadagi ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Bobur ko‘chasining Toshkent xalqaro aeroportiga eltuvchi ko‘prigida transportlar harakati qisman cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’mirlash ishlari yo‘lning har ikki tomonida navbatma-navbat olib boriladi va transportlar harakati uchun bitta bo‘lak ochiq qoldiriladi.

O‘z navbatida IIBB xabarida yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘ralgan.