«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi HY 602 Moskva-Toshkent reysi texnik sabablarga ko‘ra ushlanib qolgani to‘g‘risida ma’lum qildi.
Parvoz 19 avgust kuni «Domodedova» aeroportidan amalga oshirilishi lozim edi. MAK aviakompaniya mutaxassislari havo kemasi dasturiy ta’minotidagi texnik nosozlikni bartaraf etish ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi. Uning ish qobiliyatini tiklash bo‘yicha kompleks ishlar olib borilmoqda.
Mazkur reys yo‘lovchilarini tashish uchun 20 avgust kuni aviakompaniya Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reys tashkil etdi.
Aviakompaniya yo‘lovchilardan noqulaylik yetkazilgani uchun uzr so‘radi.