Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Akademik eshkak eshishning sakkizlik bahslarida finalga chiqqan o‘zbekistonlik sportchilar yakunda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Sakkizlikda quyidagi sportchilar ishtirok etdi: Alisher Yarov, Dostonjon Baxriyev, Islam Mambetnazarov, Dostonjon Xursanov, Shohjahon Najmiyev, Otamurod Raximov, Shehroz Xakimov, Zafar Usmonov, Anatoliy Krasnov.

O‘zbekistonlik sportchilar shu paytga qadar 4 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medallarini terma jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydi.