Foto: «Газета.uz»
Statistika hisobotlarini topshirish muddati o‘zgartirildi
Davlat statistika qo‘mitasi davlat statistika hisobotlari shakllarini topshirish muddatlari o‘zgartirilganligi haqida ma’lum qildi.
Кириллчада
26 avgust 2018, 18:52
Iqtisodiyot
Davlat statistika qo‘mitasi davlat statistika hisobotlari shakllarini topshirish muddatlari o‘zgartirilganligi haqida ma’lum qildi, deyiladi Norma.uz xabarida.
O‘zgartirishlar Prezidentning 2017 yil 28 dekabrdagi PF-5290-son «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoni munosabati bilan kiritildi. Yangi muddatlar quyidagi jadvalda keltirilgan:
Hisobot turi | Topshirish muddati |
- 1-K (oylik) «Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot»,
- 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik) «Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida hisobot»,
- 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik) «Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot»,
- 1-K ilova (savdo) (oylik) «Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot»
| 5 sentyabrdan kechiktirmay |
- 2-narx (oylik) «Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari o‘rtacha narxlari to‘g‘risida hisobot»
| 7 sentyabrdan kechiktirmay |
Ma’lumot uchun, Davlat statistika qo‘mitasi serverlari kechayu kunduz ishlaganligi uchun hisobotlarni muddatidan avval yuborish mumkin bo‘ladi.
Telegram kanalga a'zo bo‘ling