Gazeta.uz va Zira.uz sahifalari hamkorlikda qishga yopib qo‘yiladigan yeguliklar jamlanmasini taqdim etadi.
Olma va dolchin qo‘shib tayyorlanilgan ketchup
Ketchup— dunyo bo‘yicha eng ko‘p iste’mol qilinadigan qaylalardan biri hisoblanadi.
Bunday qayla tayyorlashning usullari juda ko‘p. Biz sizga olma va dolchin qo‘shib tayyorlanadigan usulini taklif qilamiz va bu retseptga tayanib, bir necha bankalardan qishga g‘amlab qo‘yishni unutmang.
Baqlajonli ikra
Baqlajonli ikra ko‘pchilikning eng sevimli yeguliklaridan biri bo‘lib, deyarli hamma uni qishga yopib qo‘yishga harakat qiladi. Bu retsept asosida tayyorlanilgan ikra, nihoyatda mazali bo‘lib pishadi va eng nozik xo‘randalarga ham yoqishi aniq.
Qovoqchali ikra
Qovoqchali ikra baqlajonlidan farqliroq mayin va nafisroq ta’m va ko‘rinishda bo‘ladi. Bu retsept asosida siz «xuddi sotuvdagidek ta’mli» ikraтайёрлай olasiz. Bu retsept ko‘p vaqt va mablagni talab qilmaydi.
Lecho
Lecho — yorqin ko‘rinishga ega, yozda pishadigan barcha mazali sabzavotlarni o‘zida mujassam etgan yegulik hisoblanadi. Lechoни issiq non bilan yeyish, ovqatlarga qo‘shimcha gazak sifatida tortish mumkin.
Marinadlangan baqlajonlar
Baqlajondan tayyorlaniladigan salatlar va gazaklar juda sevimli bo‘lib, ularni tayyorlash ham umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi. Qo‘ziqorin ta’mli baqlajonlar yoz faslidagi eng sevimli yegulikka aylangan. Bu baqlajonlarni tayyorlashda ko‘p vaqt ham, mablag‘ ham sarf qilinmaydi.
Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlanilgan qayla
Baqlajon va qizil bulg‘or qalampirlaridan tayyorlaniladigan bugungi qaylaмиз, quyuq bo‘lib, go‘shtli taomlar bilan iste’mol qilishga juda yaxshi. Hozir sabzavotlar g‘arq pishgan mahal, ulardan har xil yeguliklar tayyorlashga ulgurish kerak.
Muzlatilgan sabzavot va mevalar
Avgust oyida meva va sabzavotlar g‘arq pishadi, shu sabab ham bu oyda qishga har xil yeguliklar tayyorlab qo‘yishadi. Bugun sizlarga ko‘katlar, rezavor mevalar va sabzavotlarni muzlatib qo‘yish usullari haqida gapirib o‘tamiz.
Bundanda ko‘proq retseptlar Zira.uz internet sahifasida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz
Rus tilidagi Telegram kanal t.me/zirauz
Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99899) 837−15−15