QHTBT portalida joylashtirilgan navbatdagi loyihada sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini kengaytirish nazarda tutilgan. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.
Ma’lumot uchun: «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi qonun loyihasi 2017 yil iyunda muhokama qilingan edi. Unda 16 ta turli faoliyat sohasida davlatning xususiy tadbirkorlar bilan hamkorligi mexanizmlarini belgilash nazarda tutilgan (bu yerga qarang). O‘tgan yil sentyabrida qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish rejalashtirilgan edi.
Qonun shu paytgacha qabul qilinmagan bo‘lsa ham, DXSHning aniq mexanizmlari, masalan, quyidagi sohalarga joriy etib bo‘lindi:
ta’lim — maktabgacha va umumiy o‘rta (maktab);
madaniyat va san’at;
sog‘liqni saqlash — ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish va faoliyat yuritishi qismida va h.k.
Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorlik munosabatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda, taqdim etilgan loyiha bilan bitimlarning amal qilish muddatlarini aniq belgilagan holda DXSHning bir qator yangi shakllarini joriy etishni taklif qilmoqda (quyidagi jadvalga qarang).
T/r | Sog‘liqni saqlash sohasidagi DXSH shakli | DXSH to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati | |
1 | Nodavlat tibbiyot tashkilotlari binolarini qurish uchun yer uchastkalarini bepul asosda doimiy foydalanishga berish | kamida 30 yil | |
2 | Faoliyat yuritmayotgan davlat tibbiyot tashkilotlari binolarini nol darajali xarid qiymatida realizatsiya qilish | kamida 30 yil | |
3 | Davlat tibbiyot tashkilotlarining foydalanilmayotgan binolari yoki korpuslarini xususiy sheriklarga uzoq muddatli bepul maqsadli foydalanishga berish | kamida 30 yil | |
4 | Faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot tashkilotlari hududida nodavlat tibbiyot tashkilotlari binolarini qurish uchun yer uchastkalarini bepul asosda doimiy foydalanishga berish | kamida 30 yil | |
5 | Mavjud davlat tibbiyot tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik otaliqqa olish sharti bilan nodavlat tibbiyot tashkilotlari ob’ektlarini qurish uchun yer uchastkalarini bepul asosda berish | kamida 30 yil | |
6 | Konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish | 15 yilgacha | |
7 | Xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil etilgan nodavlat tibbiyot tashkilotlarini moddiy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan ta’minlash | belgilanmaydi | |
8 | Quyidagilarni autsorsing shaklida bajarish: | belgilanmaydi | |
yordamchi xizmat turlari | bemorlar uchun ovqat tayyorlash, shu jumladan davolovchi ovqatlanishda parhez taomlar tayyorlash | ||
ich kiyim va maxsus kiyimlarni, boshqa yumshoq inventarni yuvish, ularga professional ishlov berish — kir yuvish xizmatlari | |||
tibbiy buyumlar va asboblarni markazlashtirilgan tarzda sterillash | |||
dezinfeksiya va deratizatsiya | |||
bino va inshootlarga xizmat ko‘rsatish, ularni saqlash va ta’mirlash | |||
qo‘riqlash va yong‘in signalizatsiyasi, konditsionerlash, ventilyatsiya, suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimlarini o‘rganish va ularga xizmat ko‘rsatish | |||
binolar, inshootlarning muhandislik va texnik tizimlaridan foydalanish, ularga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash | |||
tibbiy uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash | |||
chiqindilarni (simobli lampalar va b.) yig‘ish, anatomik chiqindilarni olib chiqib ketish, tibbiy chiqindilarni utillashtirish va professional tozalash | |||
transport xizmatlari va tashish, yuklarni yetkazib berish xizmatlari | |||
issiqlik va elektr energiyasi, sovuq va issiq suv iste’molining hisobini yuritish, energiya va suv iste’moli maqbullashtirilishini tahlil qilish | |||
aloqa, internet-, radio-, telekommunikatsiya tizimlari, servis tizimlari, avariya tizimlari, kirish tizimlarini boshqarish | |||
ayrim turdagi tibbiyot xizmatlari | laboratoriya tahlillarini o‘tkazish (qorin ichidagi infeksiyalarni tekshirish, kimyoviy-toksikologik tekshirishlar, sitologik va gistologik tekshiruvlar va boshqalar) | ||
ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan zamonaviy diagnostika uskunalaridan foydalangan holda tashxis qo‘yish va davolash | |||
bemorlarga gemodializ xizmatlarini ko‘rsatish | |||
ixtisoslashtirilgan tibbiy buyumlar va asboblarni tayyorlash (ayniqsa travmotologik operatsiyalarni o‘tkazish uchun tibbiy tashkilotlarning buyurtmalariga ko‘ra) |
Yuqorida ko‘rsatilgan jadvalning 1 — 6-shakllari bo‘yicha DXSH to‘g‘risidagi bitim Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida tuziladi, 7 va 8-vaziyatlarda esa tanlov o‘tkazilmaydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat tomonidan sherik sifatida bitim tuzadi va xususiy sherikning bitim shartlarini bajarishini monitoring qiladi.
Shu o‘rinda aytish joizki, DXSH shakliga qarab xususiy sherikning quyidagi turdagi investitsiya majburiyatlari taklif etiladi:
muayyan sonli ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslarga imtiyozli to‘lov belgilagan holda yoxud bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
davlat tibbiyot tashkilotlari uchun yordamchi funksiyalarni, shuningdek joylardagi sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan hajmlarda ayrim turdagi davolash-profilaktika xizmatlarini bajarish;
xususiy sherikka biriktirilgan davlat tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash va boshqalar.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.