Vazirlar Mahkamasi notarial harakatlarni amalga oshirishda zarur ma’lumotlarni (ma’lumotnomalarni) olish uchun notarial idoralarning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha 6 ta ma’muriy reglamentni tasdiqladi (14.09.2018 yildagi 733-son VMQ). Bu haqda Norma.uz xabar berdi.
6 ta reglamentdan 4 tasi ko‘chmas mulkni rasmiylashtirishga, 2 tasi esa yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar olishga taalluqli.
Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi yangiliklarni o‘zining Telegram messenjerida qisman yoritgan. Quyida reglamentlarning mazmuni haqida batafsilroq ma’lumotlar taqdim etilgan.
Notarial harakat turi | Notarius oladigan hujjat nomi | Jismoniy va yuridik shaxslar notarial idoraga murojaat qilgan paytdan boshlab so‘rovnoma yuborish muddati | So‘rovnoma kimga yuboriladi | So‘rovnoma shakli | Javoblarni olish muddatlari | Javob olingandan keyin notarial harakatlarni amalga oshirish uchun muddat |
Turar joy oldi-sotdi shartnomalarini notarial tasdiqlash | Turar joyda doimiy propiskada bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumotnoma | 20 daqiqa | Turar joy joylashgan hududdagi ichki ishlar organiga | 1. Kurer orqali; 2. Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda | 1. So‘rovnoma kurer orqali olinganda 1 soat; 2. So‘rovnoma elektron o‘zaro hamkorlik orqali olinganda — real vaqt rejimida | 30 daqiqa |
Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini notarial tasdiqlash | Kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotlar | 20 daqiqa | Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti idoralari hamda oqova suvlarni chiqarish xizmatlari | 1. Kurer orqali; 2. Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda | 1. So‘rovnoma kurer orqali olinganda 1 soat; 2. So‘rovnoma elektron o‘zaro hamkorlik orqali olinganda — real vaqt rejimida | 30 daqiqa |
Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini notarial tasdiqlash | Bino va inshootlarning tegishliligi va tarkibi, kadastr raqami va umumiy (yashash) maydoni hajmi, ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq va xatlov mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumot | 15 daqiqa | Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tumanlardagi (shaharlardagi) filiallariga | 1. Kurer orqali; 2. Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda | 1. So‘rovnoma kurer orqali olinganda 1 soat; 2. So‘rovnoma elektron o‘zaro hamkorlik orqali olinganda — real vaqt rejimida | 30 daqiqa |
Xususiylashtirilgan turar joyni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini notarial tasdiqlash | xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar haqidagi ma’lumot | 15 daqiqa | Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organlari, Toshkent shahrida — «Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi» DUKga | 1. Kurer orqali; 2. Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda | 1. So‘rovnoma kurer orqali olinganda 1 soat; 2. So‘rovnoma elektron o‘zaro hamkorlik orqali olinganda — real vaqt rejimida | 30 daqiqa |
Jismoniy shaxslar ishtirokida amalga oshiriladigan har qanday notarial harakatlar | Jismoniy shaxsning biometrik va pasport ma’lumotlari | Notarial harakat amalga oshirilganda | Ichki ishlar organlari va Davlat personallashtirish markaziga | Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda | Real vaqt rejimida | Notarial harakatning turiga qarab 15−30 daqiqa ichida |
Yuridik shaxslar ishtirokida amalga oshiriladigan har qanday notarial harakatlar | Yuridik shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar (yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi, ta’sis hujjatlari, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan, STIR | 15 daqiqa | Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdagi davlat xizmatlari markaziga | 1. Kurer orqali; 2. Idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda | 1. So‘rovnoma kurer orqali olinganda 1 soat; 2. So‘rovnoma elektron o‘zaro hamkorlik orqali olinganda — real vaqt rejimida | Notarial harakatning turiga qarab 15−30 daqiqa ichida |