Qurilish materiallarining to‘rtta pozitsiyasi bo‘yicha imtiyozlar muddati 3 oydan keyin tugaydi (2018 yil 30 sentyabrdagi farmon). Bu haqda Norma.uz xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2018 yil 17 yanvardagi qarori bilan 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona to‘lovlari to‘lash bo‘yicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) mahsulot, xom ashyo va materiallar turlarining ro‘yxati tasdiqlangan:
T/r | Tovar nomi | TIF TN kodi |
1. | Sement, shu jumladan sement klinkeri | 2523 |
2. | Asbest | 2524 |
3. | Qurilish oynasi | 7003, 7004, 7005 |
4. | Yog‘och-taxta va yog‘och-taxta materiallari | 4403, 4404, 4406, 4407 |
5. | Ko‘mir | 2701, 2702 |
Qabul qilingan farmon bilan faqat ko‘mir bo‘yicha mazkur imtiyoz 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.10.2018 yil 1 oktyabrdan kuchga kirdi.