4 oktyabr kuni O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasida navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, assotsiatsiya Ijroiya qo‘mitasi a’zolari, assotsiatsiyaning viloyat bo‘limi rahbarlari, hakamlar, murabbiylar, terma jamoa a’zolari ishtirok etdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala tashkilotga yangi rahbar saylash edi. Ushbu lavozimga Ahmadjon Aminjonovich Rahimov nomzodi ilgari surildi. Yig‘ilganlar ko‘rsatilgan nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi va yakunda Ahmadjon Rahimov O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining raisi etib saylandi.

Ma’lumot uchun, Ahmadjon Rahimov 1975 yilda tavallud topgan. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan. Oilali. Uch farzandning otasi.