Moskva g‘arbida qurilish havozalarining qulashi natijasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
5 oktyabr kuni soat 11:15da «Snegiri» yashash uyi qurilish jarayonida 7 qavatli bino balandligida o‘rnatilgan havoza qulab tushgan.
Voqea natijasida 8 nafar odam jabrlandi. FVV, IIV, TIV bilan olib borilgan tadbirlari natijasida jabrlanganlarning shaxsiga aniqlik kiritildi, birlamchi ma’lumotga asosan 8 nafar jabrlanganlarning 2 nafari O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlandi:
- Po‘latov Nurali Jumanazarovich, 1979 yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiladi;
- Buriyev Malik, Umbarovich, 1984 yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiladi.
Jabrlanganlar S.P. Botkina hamda M.E. Jadkevich nomli shifoxonalarga joylashtirilgan.
FVV tezkor raqamlari (+998 71) 147−10−50.